Adabiy oʻgʻrilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adabiy oʻgʻrilik, plagiat — birovning asarini koʻchirib, oʻziniki qilib olish. Bunday oʻgʻrilik muallif ijozatisiz ilmiy, adabiy, musiqiy yoki badiiy asarni oʻz nomidan toʻla yoki qisman bo-stirib chiqarishdan, kashfiyot yoki ixti-rochilik takliflarini oʻziniki qilib olishdan iborat. Aybdor oʻz harakatining ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab, fuqarolik yoki jinoiy tartibda javob-garlikka tortiladi, binobarin haqiqiy muallifning huquqi tiklanadi. „Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 46-mod-dasida „huquq egasi bilan shartnoma tuz-magan holda asardan foydalanilgan taqdirda qoidabuzar huquq egasiga yetka-zilgan zararning oʻrnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplashi shart“ ekanligi koʻrsatilgan. Huquq egasi qoidabuzardan oʻzi koʻrgan zarar oʻrniga uning qoidabuzarlik oqibatida olgan daromadlarini undirib olishga haqli. Asardan mualliflik shartnomasida na-zarda tutilmagan usulda yoki bunday shar-tnomaning amal qilishi toʻxtaganidan keyin foydalanish asardan shartno-ma tuzmagan holda foydalanish, deb hisoblanadi. Mazkur qonunda muallif (hammualliflar)ning oʻzi yaratgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ayni shu asarga mualliflik huquqi eʼtirof qilinishini is-tisno etishi; muallif asardan oʻz ismi-sharifi, taxallusini koʻrsatgan holda yoki imzosiz foydalanish yoki shu tarzda foydalanishga ruxsat berish borasida alohida huquqqa (mualliflik nomiga boʻlgan huquqqa) ega ekanligi taʼkid-langan (18-va 19-moddalar). Muallif oʻz asariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda asarga oʻzining roziligisiz biron-bir shaxs tomonidan oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishidan asa-rini himoya qilish borasida alohida huquqqa (asarning daxlsizligiga boʻlgan huquqqa) ega (20-modda).Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasida tafakkur mulki ob’ektiga nisba-182tan mualliflik huquqini oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash va sh.k. holatlar eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud olti yilgacha qamoq bilan jazolanishi koʻrsatilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil