Plafon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Plafon (frans. plafond — shift) — 1) tasvir, naqsh va boʻrtma tasvir bilan bezatilgan shift; 2) bino shifti (yassi, gumbaz, toqi)ni syujetli yoki naqsh va tasvir bilan bezatgan monumental rangtasvir va xaykaltaroshlik asari. Tasvir toʻgʻridan-toʻgʻri suvoqqa (freska, moyboʻyoq, yelimboʻyoq, sintetik boʻyoqlar va boshqa usulida), shiftga mustahkamlangan matoga (panno) ishlanadi, mozaika va boshqa usulda bajariladi. P. Qad. Misrdan maʼlum boʻlgan, Uygʻonish davrida rassomlar Rafael, Mikelanjelo va boshqa uning mumtoz namunalarini yaratgan. Cherkov va hashamatli saroy binolarining bezak boʻlagi sifatida 17—19-asr boshlari Yevropa sanʼatida keng tarqalgan; 3) bino, kupe, kayuta, samolyot saloni shifti (baʼzan devori)ga oʻrna-tilgan elektr chirogʻi armaturasi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil