Placebo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Placebo
PlaceboBologna2009.jpg
Kelib chiqishiLondon
MamlakatBuyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Faoliyat1994 – bugun
Janralternativ rok
LeyblVirgin Records
TarkibBrian Molko
Stefan Olsdal
Steve Forest
Sobiq aʼzolarRobert Schultzberg
Veb-sahifawww.placeboworld.co.uk

Placebo (Plasibo deb tallafuz etiladi) — britaniyalik alternativ rok yoʻnalishida ijod qiluvchi musiqiy guruh. 1994-yili Brian Molko (vokal, gitara, klavishlar) va Stefan Olsdal (gitara, bas, klavishlar, bek-vokal) tomonidan tashkil topgan. 1996-yili barabanchi Robert Schultzbergni Brayanning avvaldan tanishi Steve Hewitt almashtiradi.

Tarix[tahrir]

Placebo guruhining tarixi 1994-yili ikki lyuksemburglik sinfdosh Brayan Molko va Stefan Olsdal Londonning „Janubiy Kensington“ metro bekatida uchrashishganligidan boshlanadi. Maktab paytlarida ular unchalik muloqot qilmas edilar, ammo yillar oʻtib uchrashganlarida ikkalari musiqa bilan qiziqishlarini anglab, guruh tuzishga qaror qiladilar. Bu qarorning natijasi „Ashtray Heart“ (Kuldon-yurak) guruhi boʻladi. Stiv Hyuitt birinchi demo-yozuvlarni yaratishda ishtirok etgan boʻlsa ham, u doimiy ishtirokchi boʻla olmaydi, chunki u boshqa guruhda edi. Shuning uchun Stefan Brayanni oʻzining doʻsti Robert Shulsberg bilan tanishtiradi. Va ular uchchalasi Placebo guruhiga asos soladilar. 1996-yili Robert Brayan bilan kelishmovchiliklar tufayli guruhni tark etganida Stiv guruhga qaytib keladi.

Tarkib[tahrir]

  • Brayan Molko (ingl. Brian Molko) — vokal, gitara, klavishlar.
  • Stefan Olsdal (ingl. Stefan Olsdal) — gitara, bas, klavishlar, bek-vokal.
  • Robert Shulsberg (ingl. Robert Schultzberg; 1994—1996) — barabanlar.
  • Stiv Hyuitt (ingl. Steve Hewitt; 1996-yildan) — barabanlar, perkussiya.

Diskografiya[tahrir]

Studiyaviy albomlar[tahrir]

  • Placebo (17-iyul, 1996)
  • Without You I’m Nothing (12-oktabr, 1998)
  • Black Market Music (9-oktabr, 2000)
  • Sleeping with Ghosts (22-sentabr, 2003)
  • Meds (13-mart,2006)

Termalar[tahrir]

  • Once More with Feeling (Singles 1996—2004) (25-oktabr, 2004)
  • Covers (5-mart, 2007)

DVD[tahrir]

  • Soulmates Never Die (Live in Paris 2003) (15-mart, 2004)
  • Once More with Feeling (Videos 1996—2004) (25-oktabr, 2004)

Havolalar[tahrir]