Piza minorasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Piza minorasi
Mamlakat: Piza, Italiya
Maqomi: Minora
Hodisasi: Ogʻgan
Meʼmori: Diotisalvi
Eʼtirofi: 1987-yil, Yunesko
Qurilish boshlandi: 1173
Qurilish tugallandi: 1370
Uzunligi: 55,863 m
Poydevoridan balandligi: 58,36 m
Tashqi diametri: 15.484 metr
Ichki diametri: 7,368 m
Nishab burchagi: 3,97 daraja
Ogʻirligi: 16,200 tonna
Poydevordagi devorlar qalinligi: 2,44 m
Qoʻngʻiroqlar soni: 7 ta

Piza minorasi- Italiyaning Piza shahrida joylashgan. Qurilishi 1173-yil avgustda boshlangan. Tanaffuslar bilan birgalikda ishning tugallanishi taxminan ikki asrni (199 yil) tashkil etdi. Minora 1370-yilda qurib bitkazildi. U deyarli toʻrt graduslik ogʻishi bilan mashhur. Minora 296 yoki 294 zinapoyaga ega. Yettinchi qavatda shimolga qaragan zinapoyada uchta kamroq qadam bor.

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minora XII-XIV asrlarda Italiyaning Piza shahridagi Sobor maydonida qurilgan. Minora XII asrda qurilish paytida, strukturaning ogʻirligini toʻgʻri koʻtara olmay ostidagi tuproqqa choʻkib qolgan. XIV asrda qurilishning tugashi tufayli ogʻish yanada yomonlashdi. 1990-yilga kelib egilish 5,5 gradusga yetdi. 1993-yildan 2001-yilgacha boʻlgan davrda tuzatish ishlari natijasida holati biroz yaxshilandi, bu esa egilishni 3,97 darajaga qisqartirdi. Asl loyihaning muallifi kimligi maʼlum emas. Ammo tarixiy qoʻlyozmalarga koʻra, bu boʻlishi mumkin Bonanno Pisano (Bonanno pisano) boʻlishi mumkin deb taxmin qilinadi. 2001-yilda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, Diotisalvi qurilish vaqtida haqiqiy meʼmor boʻlgan. Bugungi kunda, binoning qulashi dastlab paydo boʻlganmi yoki tuproqning pasayishi natijasida paydo boʻlganmi nomaʼlum. Koʻpchilik mutaxassislar bu beqaror poydevorning natijasidir deb hisoblashadi. Yaʼni, original loyihaning kamchiligi boʻlgan boʻlishi mumkin. Minorani vertikal tarzda qurish rejalashtirilgan edi. Minora qurilishi 199 yil davomida uch bosqichda amalga oshirildi. 1173-yil 9-avgustda minoraning poydevori qoʻyildi. Oq marmar toshdan iborat birinchi qavatidagi ishlar oʻsha yilning 14-avgustida urushlardagi muvaffaqiyat va farovonlik davrida boshlangan. Bu birinchi qavatning klassik namunasi Korinf uslubidagi ustunlar edi.[1] Biroq, balandligi 11 metr boʻlgan ustunli birinchi qavat qurilishi bilanoq, bino janubga qiyshaya boshladi. Bu ogʻish boshida u atigi toʻrt santimetr edi. Shundan soʻng, qurilish ishlari toʻxtatildi va 100 yildan keyin yana davom ettirildi. 1275-yilda, Piza minorasining ogʻishi 50 santimetr boʻlganida, ular vaziyatni yaxshilash uchun keyingi qavatlarni qurishda yer ustidan 10 santimetr balandlikdagi tuproq yotqizilgan. Afsuskituproq toʻshash koʻp yordam bermadi Piza minorasining qurilishi dastlabki loyihadan toʻrt qavatga qisqartirilib, muddatidan oldin toʻxtatilishi kerak edi. Yettinchi qavat 1319-yilda qurib bitkazildi. Qoʻngʻiroq qavatini qurish 1372-yilda tugatildi. U Tommaso di Andrea Pisano tomonidan qurilgan boʻlib, u qoʻngʻiroq qavatida gotika uslubini Roman uslubi bilan uygʻunlashtirishga muvaffaq boʻldi. Yuqori qavatda yetti qoʻngʻiroq bor, musiqadagi yetti asosiy notaning har biri uchun bittadan. Eng kattasi 1655-yilda oʻrnatilgan. Qoʻngʻiroqlarning vazni 300 kilogramdan 3,5 tonnagacha. Ikkinchi jahon urushi paytida ittifoqchilar Angliya va AQSh nemislar minoradan kuzatuv posti sifatida foydalanayotganidan xavotirlanishgan. Minorada nemis qoʻshinlari borligini tasdiqlash va ularni yoʻq qilish uchun yuborilgan AQSh armiyasining serjanti Leon Vekshteyn soborva minora kompozitsiyasi goʻzalligidan hayratda qoldi va shu bilan binoga artilleriya zarbasini berishdan bosh tortdi. Shu bilan birga minorani vayron qilishdan saqladi.

1993-yildan boshlab 870 tonna qoʻrgʻoshin qarshi ogʻirliklari qoʻshildi, bu minorani biroz toʻgʻriladi. 1987-yilda Piza YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi. Minora 1989-yilda Pavia minorasining toʻsatdan qulashi sabab 1990-yil 7-yanvarda 20 yildan ortiq davom etgan barqarorlashtirish boʻyicha tadqiqotlarga qaramasdan jamoatchilik uchun yopildi. Ogʻirlikni yengillashtirish uchun qoʻngʻiroqlar olib tashlandi va kabellarmahkamlanib, bir necha yuz metr uzoqlikda langar oʻrnatildi. Minora qulashi mumkin boʻlgan yoʻlda joylashgan binolar va uylar xavfsizlik uchun boʻshatildi. Minoraning qulashini oldini olishning tanlangan usuli, koʻtarilgan uchi ostidan 38 kub metr tuproqni olib tashlash orqali uning egilishini xavfsizroq burchakka biroz kamaytirish edi. Natijadam minoraning egilishi bir necha barobar(45 sm) qisqarib 1838 holatiga qaytdi. Oʻn yillik tuzatish va rekonstruksiya ishlaridan soʻng, minora 2001-yil 15-dekabrda jamoatchilikka qayta ochildi va kamida yana 300 yil davomida barqaror deb eʼlon qilindi.[2] 1280-yildan beri mintaqada kamida toʻrtta kuchli zilzila sodir boʻlgan, ammo zaif koʻrinadigan minora omon qolgan. 16 nafar muhandisdan iborat tadqiqot guruhi buning sababi tekshirib jamoatchilikka maʼlum qilishdi. Tadqiqotchilar minora tuproq va strukturaning dinamik oʻzaro taʼsiri (DSSI) tufayli silkinishlarga bardosh bera olgan degan xulosaga kelishdi: minoraning balandligi va qattiqligi, poydevor tuprogʻining yumshoqligi bilan birga strukturaning tebranish xususiyatlariga ham taʼsir qilgan. Minoraning egilishiga sabab boʻlgan va qulash yoqasiga olib kelgan oʻsha yumshoq tuproq uning omon qolishiga yordam bergan.

Piza minorasi haqida Galileo Galiley xotirasi

Pizaning minorasi joylashgan shaharda dunyoga mashhur fizik, faylasuf Galiley Galileyning tug'ilgan joyi sifatida tanilgan (1564). Uning shogirdi Vinchenzo Viviani olimning tarjimai holini yozgan. U o’z asarlariga Galiley tomonidan minorada olib borilgan ishlarni: tushgan jismning og'irligi va balandlikdan tushish tezligi o'rtasidagi bog'liqlik haqidagi nazariyasini isbotlash uchun o'tkazgan tajribalarining tavsifini kiritdi. Minoraning yuqori qavatlarida bo'lganida, Galiley bir vaqtning o'zida turli xil vazndagi narsalarni pastga tashlab tajribalar o’tkazib turgan.[3]

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Piza qasr minorasi oʻzida Roman-Piza uslubini aks ettiradi. Qurilish tugallangandan keyin uning sakkizinchi qavatining balandligi 58 metr-u 36 santimetrni tashkil etdi. Eng yuqori qismida balandligi 56 metr 70 santimetr, eng past qismida esa 55 metr 90 santimetrga teng. Silindrsimon shaklga ega boʻlgan minora poydevorining diametri 15 metr 54 santimetrga teng. Binoning tashqi devorlarning qalinligi 4 metr 90 santimetr, yuqori qismi esa 2 metr 48 santimetr. Uning vertikal oʻqidan tayanch darajasida ogʻishi 4 metrni, eng yuqori darajasida esa 5 metr 30 santimetrni tashkil qiladi. Qadamlab sanaganda bu 294 qadamga teng ekan. Shunday boʻlishiga qaramasdan sayyohlar uni koʻrib ziyorat qilishmoqda. Minora toshdan qurilgan va och kulrang va oq rangli marmar bilan bezatilgan. Uning kirish qismida hayvonlarning afsonaviy rasmlari tasvirlangan choʻqintirish zali mavjud. Peshtoqning yuqori qismidagi Madonna va yosh bola haykali Andrea Guardi tomonidan bezatilgan. Birinchi qavat ichida sobor joylashgan. Keyingi oltita qavat dekorativ Roman arkalari bilan bezalgan. Ularning koʻrinishlari Vizantiya arxitekturasini eslatadi.

2008-yilga qadar olimlar va quruvchilarning harakatlariga qaramay, yillik ogʻish 1 mm edi. 2002-2010-yillardagi restavratsiya qiyalikni 5 darajadan 30 „3 darajagacha 54“ ga tushirdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. arxiv nusxasi, 2009-10-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-23
  2. http://world.meros.uz/uz/wonder/view?id=464
  3. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]