Kontent qismiga oʻtish

Pito naychasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pito naychasi — bir maromda turgʻun oqayotgan suyuqlik (gaz) ning toʻla bosimini oʻlchaydigan asbob. Toʻla bosim statik va dinamik bosimlarning yigʻindisiga teng. Pito naychasi uchi bukilgan manometrik naychadan iborat: pastki ochiq teshigini suyuqlik (gaz) oqimiga qaratib joylashtiriladi (rasm). Agar Pito naychasining oqim tezligiga parallel joylashtirilgan bukilgan qismining yon tomonidan teshik ochilsa, statik bosimni oʻlchash mumkin boʻladi. Toʻla va statik bosimlar maʼlum boʻlsa, dinamik bosimni va, demak, suyuqlikning oqim tezligini ham aniqlash mumkin. Pito naychasi fransuz olimi A.Pito nomiga qoʻyilgan (1732).[1]

Pito naychasining tuzilishi
Pito naychasining tuzilishi

Katta bosimli Pito naychasi (mnevmometrik yoki to‘liq bosim naychasi) maxsus uskunalar va qurilmalarga ulanadi.

Bir vaqtning o‘zida parvozning ham tezligini ham balandligini aniqlash maqsadida aviatsiya havo bosimi qabul qilgichlarida Prandtl naychasining bir qismi sifatida foydalaniladi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. Muhammad Olim H.U. Aviatsiya asboblari va uchish-navigatsiya majmualari. TDTrU: - Toshkent. 2022. 92 b.