Piskom zilzilasi
Piskom zilzilasi — 1937-yil 18 dekabr soat 13 dan 18 min. oʻtganda sodir boʻlgan. Zilzila markazi Piskom to-gʻining aholi kam yashaydigan shim. qismida 20 km chuqurlikda joylashgan. Epitsentrda zilzila kuchi 8 ball bilan qayd etilgan, magnitudasi 6,0. Zilzilaga yer qaʼridagi togʻ jinslarining Piskom uzilmasi boʻylab bir-biriga nisbatan shim.-sharqdan jan.-gʻarbga tomon siljishi sabab boʻlgan. Yer ustida bir qancha surilmalar, kat-takichik yoriklar paydo boʻlgan, aholi yashaydigan joylarda imoratlar jid-diy shikastlangan. Zilzila kuchi Pis-komda 8 ball, Burchmulla, Chimyon va Chimkentda 6 ball, Toshkent, Andijon, Tarozda 5 ball, Oʻsh, Oʻratepada 4 ball, Samarqand, Talasda 3 ball bilan sezilgan.
Keyingi yillarda olib borilgan sey-smotektonik tadqiqotlar Piskom zilzilasi kengligi 15 km, uz. 250 km maydonni egallagan Piskom, Qorjontov yoriklari va Toshkentoldi fleksurasini oʻz ichiga olgan seysmogen zonada joylashganligini koʻrsatdi. Piskom zilzilasidan keyin bu zonada Burchmulla (1959), Toshkent (1966), Yangayoʻl (1971), Xalqobod (1972), Tovoqsoy (1977), Nazarbek (1980) zilzilalari boʻlib oʻtdi. Bundan keyin ham ushbu zonada zilzilalar boʻlish ehtimoli bor. Rashod Ibrohimov[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |