Pirgeliometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pirgeliometr (yun. pyr — olov, helios — Quyosh, metr — oʻlchayman) — Quyosh nurlariga tik oʻrnatilgan yuzaga toʻgʻri tushayotgan kuyosh nurlanishi kuvvatini oʻlchaydigan asbob. Yevropada Ongstryom Pirgeliometr ishlatiladi. U kora rangga boʻyalgan ikkita bir xil juda yupqa manganin plastinkadan iborat boʻlib, ulardan biriga Quyosh nurlari tushganda qiziydi, nur tushmaydigan ikkinchi plastinka esa elektr toki yordamida qizdiriladi. Plastinkalarga ulangan termopara ularning temperaturasi teng boʻlganda tok kuchini koʻrsatmaydi. Bu vaqtda ikkinchi plastinkadan oʻtayotgan tok quvvati birinchi plastinkaga tushayotgan Quyosh nurlanishi quvvatiga teng boʻladi. Amerikada etalon sifatida ichidan suv oʻtadigan P. ishlatiladi. Unda ikkita bir xil naylar ichiga kora rangga boʻyalgan kameralar oʻrnatilgan. Naylardan birining ichiga Quyosh nurlari tushadi va qora kamerani qizdi-radi, ikkinchisiga tushmaydi va uning ichidagi kamera elektr toki yordamida ikkala naydan chiqayotgan suv oqimlari temperaturasi tenglashguncha qizdiriladi. Ikkinchi kameradan oʻtayotgan tok kuchi quvvati Quyosh nurlanishining quvva-tiga teng deb hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil