Piranometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Piranometr (yun. rug — olov, apo — yuqorida va ...metr) — yotiq sirtga tushayotgan yigʻma yoki tarqoq quyosh radiatsiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Quyosh radiatsiyasi (nuri) ni qabul qiluvchi sirt sifatida manganin va konstanta polosalarini ketma-ket ulab (kavsharlab) hosil qilingan termoelektr batareya ishlatiladi. Batareyaning juft polosalari qorakuya bilan, toq polosalari oq magneziya bilan qoplanadi. Qorakuya quyosh nurini oq magneziyaga nisbatan koʻproq yutgani uchun polosalar oʻrtasida temperaturalar farqi vujudga keladi, shunda sirtda e. yu. k. hosil boʻladi. Uning quvvati tushayotgan quyosh radiatsiyasiga mutanosib ravishda oʻzgarib turadi. Radiatsiya miqdori galvanometr bilan oʻlchanadi. Faqat tarqoq radiatsiyani oʻlchash uchun asbobni toʻgʻri tushadigan quyosh nuridan toʻsadigan ekran qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil