Piramida (matematika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Olti burchakli piramida

Piramida (qadimgi yunoncha: πυραμίς - pyramidos) - bitta koʻpburchak (asos) va umumiy beshburchakka ega boʻlgan uchburchaklar (yon yoqlar) bilan chegaralangan jism. Asosining shakliga koʻra, uch burchakli Piramida, toʻrt burchakli Piramida va boshqa deb yuritiladi. Piramida uchi (R)sj asos tekisligiga tushirilgan perpendikulyar Piramidaning balandligi deyiladi. Asosi muntazam koʻpburchak boʻlib, balandligi asos markaziga tushadigan Piramida muntazam Piramida deb ataladi. Muntazam Piramidaning yon yoqlari bir xil teng uchburchaklardan iborat, ularning balandligi Piramidaning apofemasi deyiladi. Piramida hajmi formula bilan topiladi; bunda, S — asosi yuzi; h — balandligi.

Piramida asosiga parallel tekislik bilan kesilsa, asos tomonda kesik Piramida, kesimda esa asosga oʻxshash koʻpburchak (ustki asos) hosil boʻladi;

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]