Pinotsitoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pinotsitoz (yun. pino — ichaman, shi-mib olaman va ...sit) — suyuklikning hujayra membranasi tomonidan qamrab olinishi va hujayraga soʻrilishi (qarang Fagotsitoz). Pinotsitozda suyuklikni plazmatik membrana qamrab olib, mayda tomchilar holida hujayra ichiga oʻtkazadi. Pinotsioz orqali suvda eriydigan makromolekulalar (oqsillar, lipidlar, glikoproteidlar) hujayra ichiga oʻtadi (bevosita P., yaʼni endotsitoz) va hujayradan chiqariladi (teskari Pinotsioz, yaʼni ekzotsitoz). Birinchi holda Pinotsioz pufakcha hujayraning bir (ichki) yuzasidan ikkinchi (tashqi) yuza-siga oʻtib, uning ichidagi moddasi atrof muhit (sitoplazma)ga chiqariladi. Ikkinchi holda Pinotsioz pufakcha ichidagi modda — sitoplazmada mezosomalar bilan qoʻshilib, fermentlar taʼsiriga uchraydi. Pinotsiozda amyobalarda, ichak va buyrak epiteliysi hujayralari, qon tomirlari endoteliysi, oʻsayotgan ootsitlarda ayniqsa faol kechadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil