Pilta miltiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pilta miltiq — porox zaryadi pilta bilan alanga oldiriladigan silliq stvolli miltiq. Dastlab arablarda paydo boʻlgan (12-asr). Pilta miltiq yogʻoch qoʻndoqqa mahkamlangan metall quvurdan iborat boʻlib, dumaloq oʻq bilan oʻqlangan. Nishonga olish va otish qulay boʻlishi uchun ayrim tirkagichlardan foydalanilgan. Otish uchun stvoldagi maxsus teshikchaga pilta tiqib yondiriladi, pilta yonib, teshikchadan stvol ichiga alanga beradi va oʻq otiladi. 15-asr oʻrtalarida piltali zatvor ixtiro etilgach, Pilta miltiqni otish birmuncha osonlashdi. Pilta miltiq tepkili miltiq yaratilguncha keng qoʻllanilgan. Pilta miltiqdan Oʻrta Osiyoda 19-asr 2yarmigacha jang va ov kuroli sifatida foydalanilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil