Pilta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pilta — 1) chiviq kabi ingichka boʻrtma bezak yoʻl. Amaliy bezak sanʼati (miskarlik, doʻppidoʻzlik va boshqalar)da keng qoʻllanadi. Jumladan, doʻppidoʻzlikda doʻppining tepa va kizak qavilmalari, yaktak, toʻnning yoqasiga max-sus sim (piltakach)lar yordamida qogʻoz yoki paxtani piliksimon tiqib boʻrtma hosil qilinadi. P. doʻppiga maʼlum shakl beradi, toʻn va yaktakning yoqasini qattiq qiladi. Miskarlikda qum-gʻon, choydish va boshqalarning yelka va qornidagi bezak nov ham P. deb ataladi; 2) paxta, jun, ipak, zigʻir tolalarini boʻshgina himarib, choʻzib, tekislab va toʻgʻrilab hosil qilinadigan toʻqimachilik mahsuloti (lenta); pilik olishdagi xom ashyo; 3) zaryadlarni oʻt oldirish uchun ishlatiladigan shnur; pilta miltiqda ishlatilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil