Kontent qismiga oʻtish

Pilorospazm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pilorospazm (yun. pyloros – meʼdaning chiqish qismi va spasmos— qisilish) – meʼda chiqish qismi (pilorus)ning qisilishi (spazmi). Meʼda-ichak yoʻli funksiyasining buzilishi natijasida paydo boʻladi. Nevrozlarda, meʼda yarasida kuzatiladi. Koʻproq emadigan bolalarda uchraydi. Bunday bola emgan zahoti qusadi yoki hiqichoq tutadi, kam siyadi, bezovtalanadi, koʻp yigʻlaydi, qabziyat boʻla-di, ozib ketadi. Bemorni mutaxassis vrach davolaydi. Meʼda yarasidagi P. davolanmasa, pilorostenozga aylanib, qisilish doimiy boʻlib qoladi. Bunda bemorni fakat operatsiya qilib davolanadi.[1]

  • Qayt qilish va qusish. Deyarli tugʻilishdan boshlab koʻp miqdorda qayt qilish, qusish esa doimiy boʻlmay, ovqat isteʼmol qilingandan soʻng tez orada paydo boʻladi. Qusuq massasining hajmi isteʼmol qilingan ovqat miqdoridan oshmaydi, nordon hidli boʻlib, unda oʻt aralashmasi boʻlishi mumkin.
  • Bola bezovta, uyqusi buzilgan.
  • Umumiy ahvoli deyarli oʻzgarmaydi, ayniqsa kasallikning boshlanishida; tana vazni koʻpincha yoshiga mos ravishda ortib boradi; gipotrofiya sekin-asta rivojlanadi (1-2 darajadan oshmagan holda), siydik ajralishi bir oz kamayadi, qabziyat kuzatilishi mumkin.

Diagnostikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pilorospazm rentgenologik usulda tashxislanishi mumkin – bunda pilorusning oʻtkazuvchanligi buzilmagan boʻlib, oshqozon kontrast moddadan 3-6 soat ichida boʻshaydi.

  • Parhez: ovqatlanish sonini koʻpaytirish va bir martalik miqdorini kamaytirish orqali boʻlib-boʻlib ovqatlantirish; tabiiy ovqatlantirishda: ona suti; sunʼiy ovqatlantirishda quyuqlashtiruvchi moddalar qoʻshilgan aralashmalardan foydalanish lozim (masalan, „Xumana Antireflyuks“, „Frisovom“, „Nutrilon Antireflyuks“, „Nestargel“, „Semper Lemolak“).
  • Xlorpromazin 0,002 g kuniga 3 mahal ichish uchun (0,5-1 ml 0,25% li xlorpromazin eritmasi); prometazin 2,5% li eritmadan ovqatlanishdan 15 daqiqa oldin 1-2 tomchidan berish.
  • Fizioterapiya: epigastriy sohasiga papaverin gidroxlorid, drotaverin elektroforezi 5-10 marta; qorin sohasiga parafin applikatsiyasi 5-6 marta kun ora[2].