Pifagoreizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pifagoreizm — yunon falsafasidagi taʼlimot. Miloddan avvalgi 6—4-asrlarda Pifagor gʻoyalari asosida shakllangan. P. taʼlimoti negizida sonlar barcha mavjud narsa va xrdisalarning asosidir degan tasavvur yotadi. Vakillari: Filolay, Evrit, Ksenofil, Fanton, Exek-rat va boshqa Pifagorchilar butun olam sonlar uygʻunligidan va ularning oʻzaro munosabatidan iborat, deb bilganlar; da-stlab sonlarni narsalardan farq qilmagan boʻlsalar, keyinchalik ularni hatto ilohiy mavjudot deb tushunganlar. P. vakillari fikricha, jon mod-diy emas va oʻlmaydi, u koinotda modda bilan birga mavjuddir. Jon bir tanadan boshqa tanaga, shu jumladan, odam tanasidan biror hayvon va boshqa tanasiga (yoki aksincha) oʻtib yuradi. P. vakillari mat., musiqa nazariyasi, akustika, astronomiya ilmining rivojlanishiga katta hissa qoʻshganlar. Miloddan avvalgi 4-asrning 2yarmida P. platonizm bilan qoʻshilib ketdi. Miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 1-asrda neopifagoreizm shaklida qayta vujudga kel-di va xristianlikning shakllanishiga muayyan taʼsir koʻrsatdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil