Kontent qismiga oʻtish

Piers Sellers

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Piers Sellers
Tavalludi
Piers John Sellers

11-aprel 1955-yil
Vafoti 23-dekabr 2016-yil(2016-12-23)
(61 yoshda)
Houston, Texas, AQSH
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va AQSh[1]
Taʼlimi Edinburg universiteti (BSc), Lids universiteti (PhD)
Kasbi Tadqiqotchi olim
Millati Britaniya, Amerika
Kosmik karyera
Kosmosdagi vaqt
35 kun 9 saoat 2 daqiqa
Tanlash 1996-yil NASA guruhi
Jami EVAs
6
Jami EVA vaqti
41 soat, 10 daqiqa
Missiyalar STS-112, STS-121, STS-132
Missiya belgisi
Tavalludi 11-aprel 1955[2]
Vafoti 23-dekabr 2016[2]
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va AQSh[1]
Sohasi Meteorology
Tezis sarlavhasi Vegetation type and catchment water balance: a simulation study

Piers Sellers (talaffuzi: Pier Sales 1955-yil 11-aprel – 2016-yil 23-dekabr) meteorolog, NASA astronavti[3] va NASA/GSFCda Yer fanlari boʻlimi direktori. U uchta Space Shuttle missiyasining faxriysi hisoblanadi. Piers 1973-yilgacha, Buyuk Britaniyadagi Cranbrook maktabida oʻqigan. 1976-yilda Edinburg universitetida ekologiya fanlari boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan. Piers 1981-yilda Leeds universitetida biometeorologiya boʻyicha doktorlik darajasini oldi. 2011-yilda Piers NASA astronavtlar korpusidan nafaqaga chiqdi[4].

Astronavtlar korpusiga qoʻshilishdan oldin Piers NASA Goddard kosmik parvozlar markazida Yer biosferasi va atmosferasining oʻzaro taʼsirini oʻrganish boʻyicha ishlagan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sellers Sussexning Crowborough shahrida tugʻilgan. Uning taʼlimi Sharqiy Sussexdagi Seaford shahridagi Tyttenhanger Lodge tayyorgarlik maktabida boshlangan. Maktabni 1973-yilda tugatgan va qirollik havo kuchlari kursanti sifatida planerlar va motorli samolyotlarni boshqarish uchun oʻqitilgan[3][5][6]. U Edinburg universitetida ekologiya fanlari boʻyicha bakalavr darajasini va Leeds universitetida biometeorologiya boʻyicha doktorlik darajasini oldi[7]. Sellers Hebden Bridge, Yorkshire shahridagi hamshira Amanda Lomasga uylangan.

2016-yil yanvar oyida unga oshqozon osti bezi saratonining 4-bosqichi tashxisi qoʻyilganligini maʼlum qilindi[8]. Sellers 2016-yil 23-dekabrda 61 yoshida vafot etdi[9].

Sellers va uning rafiqasi 1982-yilda Buyuk Britaniyani tark etib, Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtdi. U oʻzining NASAdagi faoliyatini Merilend shtati Greenbelt shahridagi Goddard kosmik parvozlar markazida tadqiqotchi meteorolog sifatida boshladi[3][5]. Sellersning meteorologiya sohasidagi ishi, birinchi navbatda, iqlim tizimlarini modellashtirishga qaratilgan edi[10]. Sellers 1984-yildan har yili astronavt boʻlish uchun ariza berishni boshladi, ammo unda AQSh fuqaroligi yoʻqligi, bunga toʻsqinlik qildi. 1991-yilda u Amerika Qoʻshma Shtatlarining fuqaroligini oldi.

NASA faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
STS-121 paytida Sellers kosmik sayohatni amalga oshirmoqda

Sellers 1996-yil aprel oyida NASA tomonidan astronavt nomzodi sifatida tanlandi. U 1996-yil avgust oyida NASA Jonson kosmik markaziga kelib qoʻshildi[3]. U ikki yillik oʻqitish va baholashni tugatdi va dastlab Astronavtlar ofisining kompyuterni qoʻllab-quvvatlash boʻlimida texnik vazifalarni bajarish uchun tayinladi. Sellers kosmosda 559 soatdan ortiq vaqt boʻlib, shu jumladan 6 ta kosmik yurishda deyarli 41 EVA soatni oʻtkazdi. U 2011-yilda astronavt sifatida nafaqaga chiqdi[11].

STS-132 missiyasi plakati

STS-132 Space Shuttle Atlantis (2010-yil 14-26 may) Xalqaro kosmik stansiyani yigʻish missiyasi edi. Asosiy yuk rossiya mini-tadqiqot moduli va integratsiyalangan yuk tashuvchisi-vertikal yorugʻlik (ICC-VLD) boʻlgan. Bu Atlantisning oxirgi rejalashtirilgan missiyasi edi.

Faxr va mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1994-yil NASAning ajoyib ilmiy yutuqlar medali[12]
  • 1995-yil Artur Fleming mukofoti[12]
  • 1996-yil Amerika Geofizika Ittifoqi aʼzosi[12]
  • 1997-yil Amerika meteorologiya jamiyati Houghton mukofoti va Amerika meteorologiya jamiyati aʼzosi[12]

Sellers 2011-yilda fanga xizmatlari uchun Britaniya Imperiyasi ordeni (OBE) ofitseri etib tayinlangan[13]. U 2016-yil iyun oyida NASAning „Hizmat koʻrsatgan“ medali bilan taqdirlangan[14].

2017-yil aprel oyida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining isteʼfodagi admirali va Koinot fondi direktorlar kengashi raisi James Ellis Sellersni oʻlimidan soʻng General Jeyms E. Xillning umr boʻyi kosmik muvaffaqiyat mukofoti bilan taqdirladi[15].

  1. 1 2 — С. 28.
  2. 1 2 (unspecified title)
  3. 1 2 3 4 „Piers J. Sellers Biography“. NASA (2011-yil iyun). Qaraldi: 2021-yil 24-may.
  4. „Astronaut revisits experience of space“. University of Edinburgh (2012-yil 20-noyabr). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  5. 1 2 Ernie J. Shannon. „Piers Sellers Picked for Astronaut Corps“. Goddard News (1996-yil iyun). 2013-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr.
  6. „2006 Preflight Interview: Piers Sellers“. NASA (2006-yil 23-fevral). 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  7. Jacqui Goddard. „Lifelong dream come true for British astronaut“. The Times (2006-yil 30-iyun). Qaraldi: 2010-yil 31-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  8. Piers J. Sellers. „Cancer and Climate Change“. The New York Times (2016-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 17-yanvar.
  9. NASA. „NASA Administrator Remembers NASA Scientist, Astronaut Piers Sellers“ (2016-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 23-dekabr.
  10. „NASA astronaut's early career in WCRP“. World Climate News (2007-yil yanvar). 2012-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr.
  11. „Astronaut revisits experience of space“. The University of Edinburgh (2012-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 25-dekabr.
  12. 1 2 3 4 „Astronaut bio: P. Sellers“. NASA (2015-yil 11-fevral). Qaraldi: 2016-yil 25-dekabr.
  13. Jonathan Amos and Paul Rincon. „New Year Honours: Astronaut Piers Sellers becomes OBE“. BBC (2010-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 31-dekabr.
  14. „Reaching the Summit at NASA: Piers Sellers Receives Distinguished Service Medal“. NASA (2016-yil 29-iyun). 2022-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  15. Werners. „Award honors former astronaut Piers Sellers for climate change work“ (2017-yil 6-aprel).