Pierre de Fermat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Pierre de Fermat
Pierre de Fermat3.jpg
Tavalludi 17-avgust 1601[1]
Beaumont-de-Lomagne
Vafoti 12-yanvar 1665[2] Castres
Fuqaroligi Fransiya bayrogʻi Fransiya
Vatani Fransuz
Sohasi Matematika, Fizika, Huquq
Alma mater

Tuluz universiteti,

Orlean universiteti (bakalavr darajasi, 1626)
Mashhur ishlari Fermaning buyuk teoremasi
Dini Katolitsizm

Pierre de Fermat (17-avgust 1601, Beaumont-de-Lomagne – 12-yanvar 1665, Castres) — fransuz matematigi. 1631-yildan Tuluzada parlament maslahatchisi. Bir necha asar muallifi boʻlib, ularning koʻpchiligi Fermat vafotidan keyin ugli tomonidan "Har xil matematik asarlar" (1679) nomi bilan nashr ettirilgan. Fermat hayotligida uning ishlari maktublari va shaxsiy aloqalari orqali boshqa olimlarga maʼlum boʻlgan.

Fermat darajalarni differensiallashning umumiy qonunini yaratdi va uni kasrli darajalarga tatbiq etdi. Koordinatalar usulini rivojlantirib, toʻgʻri chiziq va ikkinchi tartibli chiziklar tenglamalarini berdi. Hamma ikkinchi tartibli chiziklar – konus kesimli egri chiziklar ekanligini isbotlab, analitik geometriyaga asos soldi. Ekstremumlarni topish qoidasini yaratdi. Sonlar nazariyasida ikkita mashhur teorema, yaʼni Fermaning buyuk teoremasi va Fermaning kichik teoremasi Fermat nomi bilan bogʻliq. Fermat fizikada geometrik optikaga asos soldi. Differensial hisobva integral hisobsh F.ning hissasi katta.




  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)