Phi (harf)
Phi (katta/kichik Φ φ), yunon alifbosining 21-harfi bo‘lib, qadimgi yunon tilida "ph" tovushini ifodalash uchun ishlatilgan. Bu tovush milodiy I asrda "f" ga o‘zgargan va zamonaviy yunon tilida harf "f" tovushini bildiradi. Yunon raqamlari tizimida u 500 qiymatiga ega. Kirill alifbosidagi F harfi Phi so‘zidan olingan. Ingliz tilida φ "f" shaklida talaffuz qilinadi, ammo qadimgi yunon tilida paydo bo‘lgan so‘zlarda "ph" sifatida transliteratsiya qilinadi (qayta yoziladi). Zamonaviy yunon tilida paydo bo‘lgan so‘zlarda, masalan, feta pishlog‘i, φ "f" sifatida transliteratsiya qilinadi. Phi harfi oltin nisbatni ifodalash uchun ishlatiladi (bu taxminan 1,618 ni tashkil qiladi). Boshqa ko‘plab tillarda ham qoʻllanadi (rus, belarus va boshqalar)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Compendium of Mathematical Symbols“ (en-US). Math Vault (2020-yil 1-mart). Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.
- ↑ Weisstein, Eric W. „Golden Ratio“ (en). mathworld.wolfram.com. Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.