Kontent qismiga oʻtish

Petuniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Petuniya, pakana tamakigul (Petunia) — Solanaceae (ituzumdoshlar) oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Poyalari past boʻyli, uch kismi koʻtarilib (40—50 sm cha) usadi. Bargi tuxumsimon, yaxlit. Guli yirik, oq, binafsha va qizgʻish, yakka, uzun bandli, novdalarning uchidagi barg qoʻltigʻida joylashgan. Mevasi — koʻsakcha, 14—15 (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 40) turi maʼlum. Vatani — Shimoliy Amerikaning janubi va Janubiy Amerika. Duragay P.ning koʻp navlari manzarali oʻsimlik sifatida gulzorlarda oʻstiriladi. Oddiy va baxmalsimon gulli navlari ham bor[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil