Petrografiya
Petrografiya (yun. petros — tosh va ...grafin) — tog jinslari, ularning mineralogik va kimyoviy tarkibi, strukturam va teksturasi, Yer poʻstida va yer ustida yotish sharoitlari, tarqalish qonuniyatlari, kelib chiqishi va oʻzgarishi haqidagi fan. Togʻ jinslari haqidagi fanni ikki qismga — tavsifiy koʻrinishga ega boʻlgan petrografiya va petrologiyaga boʻlishga mayllik mavjud. P. mineralogiya, geokimyo, vulkanologiya, tektonika, stratigrafiya va foydali kazilmalar taʼlimoti bilan bogʻliq.
Oʻrganilayotgan togʻ jinslarining tipiga qarab magmatik petrografiya, metamor-fik petrografiya va choʻkindi jinslar petrografiyasi — litologiya farq qilinadi.
Magmatik togʻ jinslari P.si, asosan magmaning sovishi va kristallanishi natijasida hosil boʻlgan kristalli togʻ jinslarini oʻrganadi. Magmatik jinslar ularning moddiy tarkibini, magmaning sovish jarayonidagi fizikkimyoviy sharoitlarini, atrofdagi jinslar bilan oʻzaro munosabatlarini anikdash maqsadida oʻrganiladi.
Metamorfik togʻjinslari P.si yangi fizikkimyoviy sharoitlar taʼsirida oʻzining dastlabki mineralogik va kimyoviy tarkibini oʻzgartirgan togʻ jinslarini tadqiq etish bilan shugʻullanadi (yana qarang Togʻ jinslari metamor-fizmi).
Bulardan tashqari, oraliq holatni egallagan togʻ jinslari ham mavjud. Masalan, baʼzi metamorfik togʻ jinslari hosil boʻlish jarayonida qisman eriydi; va aksincha, baʼzi magmatik jinslarning shakllanishida metamorfizm jarayoni muhimroq. Choʻkindi va magmatik jinslar ichida oraliq holatdagilari ham mavjud. Ular magmatik jinslardan tuzilgan boʻlsa ham, biroq hosil boʻlishi va yotish sharoitlari choʻkindi togʻ jinslariga xos.
Togʻ jinslarining tarkibi va tuzilishini oʻrganishda maxsus metodlar qoʻllanadi. Mas, kristalooptik metod bilan mayda donali mineral agre-gatlari oʻrganiladi. Shuningdek, rentgenoskopiya metodi va spektral tahlil ham keng qoʻllanadi. Togʻ jinslari moddalari, shuningdek, kimyoviy tahlil yoʻli bilan ham aniqlanadi. Togʻ jinslari va ularni tashkil qilgan mi-nerallarni fizikaviy oʻrganishda zichligi, qattiqligi, issiqliqdan ken-gayishi, qisilishi, seysmik toʻlqinlarning tezligi, qovushqoqligi, elektr va magnit xususiyatlari aniqlanadi. Shunday qilib, togʻ jinslarini oʻrganish turli-tuman tadqiqot maj-muini oʻz ichiga oladi. Bularni umumlashtirish Yer poʻstining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarida turli tipga mansub togʻ jinslarining rolini aniqlashga imkon beradi.
P. oʻrganilayotgan xususiyatlari harakteriga va qoʻllanilayotgan metodlariga koʻra, petrokimyo, petrofizika, petrotexnika, fizikkimyoviy va zksperi-mental P., texnik P., kosmik P.ga boʻlinadi.
P.ga oid ayrim maʼlumotlar Abu Rayhon Beruniy va boshqa oʻrta asr mualliflarining asarlarida uchraydi. 19-asr oʻrtalariga qadar P. muammolari mineralogiya va umumiy geologiya tomonidan oʻrganildi. Xususan, barcha togʻ jinslari kelib chiqishiga koʻra, choʻkindi, magmatik va metamorfik jinslarga boʻlindi. P. fan sifatida 19-asr oʻrtalarida, ingliz petrografi G.K. Sorbi togʻ jinslari mineral tarkibini shlifda mikroskop ostida oʻrganish imko-niyati borligini koʻrsatib bergandan keyin shakllandi. Keyinroq P. boʻyicha tadqiqot amaliyotiga qutblantiruvchi mikroskop kiritildi. Mineral tarkibini hozirda ham amalda boʻlgan kris-tallooptik xossalarga qarab aniklash usuli taklif etildi. Ayni paytda togʻ jinslarini kimyoviy tadqiq qilish metodlari ham takomillashib bordi.
19-asr oxiri —20-asr boshlarida P.da asosiy eʼtibor turli magmatik jinslarning kelib chiqishi muammolariga karatildi. 19-asr oxirida F.Yu.LevinsonLessing Yer ustida rivojlangan magmatik jinslarning hosil boʻlish man-bai nordon va asosli magmadan iborat ekanligini aniqladi.
S.S.Korjinskiy tadqiqotlarida minerallar paragenezisi taxdilining fizikkimyoviy asoslari ishlab chiqildi. Yer poʻstida magmatizm flyuidlar bilan birgalikda rivojlanishi koʻrsatib berildi.
Minerallar paragenezisi tahlili asosida magmatik, metamorfik va me-tasomatik togʻ jinslarining mineral fatsiyalari sistemasi ishlab chiqildi. Turli magmatik va metamorfik jinslarning paydo boʻlishini aniqlashda F.Yu.Levinson-Lessing va A. S. Ginz-berglarning tajriba tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega boʻldi. Tadqiqotchilar tabiatda granitning ikki tipi mavjudligini eʼtirof etadilar. Shulardan birinchisi nisbatan past temperaturali, Yer pusti jinslarining suvga toʻyingan sharoitda qisman erishidan palingen granit magmasidan hosil boʻladi. U kristallanganda avtoxton (joyidan siljimagan yoki ozgina sil-jigan) granitlar vujudga keladi. Ikkinchi tip granitlar yuqori mantiya yoki Yer poʻstining quyi qismidagi bazalt magmasining oʻzgarishidan hosil boʻlgan nordon eritmadan vujudga keladi. Yuqori temperaturaga ega boʻlgan bunday nordon eritmalar Yer yuzasigacha chiqib intruziv granitlarni hosil qiladi. Magmatizm va tektonikaning bogʻliqligi muammosi ustida ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Okeanlar magma-tizmiga alohida eʼtibor berilmoqda. Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda P. boʻyicha tadqiqotlar 20-asr 20-yillaridan boshlandi. Oʻzbekiston milliy universiteti, ToshDTU, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika instituti, Neft va gaz konlari geol.si instituti, Oʻzbekiston Geologiya va mineral re-surslar davlat qoʻmitasida va ilmiy tadqiqot mu-assasalarida olib borilmoqda. S. S. Smirnov va Yu. A. Bilibinning hozirgi zamon metallogeniyasining petrografik asoslari haqidagi nazariyalari, H.M. Abdullayev yaratgan petrometallogeniya taʼlimoti kabi bir qancha kashfiyotlar P.ning keng rivojlanishiga imkon berdi. Magmatik va metamorfik jinslar hamda texnik P. soxdsida I. H. Hamroboyevning ishlari katta ahamiyatga ega.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hamroboyev I. H., Rajabov F. Sh., Petrografiya asoslariD., 1964; Petrografiya Uzbekistana, kn. 1—2, T., 1965; Abdullayev X. M. Sobraniye sochineniy, t. 7, T., 1969; Glubinnoye stroyeniye kori territorii Uzbekistana, T., 1971.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |