Kontent qismiga oʻtish

Petr Filipovich Kiyatkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kiyatkin Petr Filipovich (1898.17.9, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Mordoviya Respublikasi — 1979.24.4, Toshkent) — seleksioner, Oʻzbekistonda qoʻychilik va echkilik seleksiyasi asoschilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1955), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan zootexnik (1950), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1953), professor (1962). Leningrad qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1927). "Oʻzbekjivotnovodsoyuz"da zootexnik (1927—30), Moskvadagi "Ovsevod" trestida Qozogʻiston va Oʻzbekiston boʻyicha bosh zootexnik (1930— 35), Oʻzbekiston chorvachilik tajriba stansiyasida (hozirgi Chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti) boʻlim mudiri (193550, 1960-70, 1970-yildan maslahatchi), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya institutida laboratoriya mudiri (1950—60). Ilmiy ishlari jundor-goʻshtdor, shu jumladan, hisori qoʻylar, jundor echkilar biologiyasi va genetikasi masalalariga bagʻishlangan. Pop, Chuyet, Parkent tumanlari xoʻjaliklarida oʻzoq yillar mobaynida seleksiya ishlari natijasida Oʻzbekiston jundor, jundor ("Sovetskaya sherstnaya") qora tivit beruvchi echki zotlarini, Oʻzbekiston goʻshtdor-jundor qoʻy zotini va podalarini yaratdi.

  • Puti i metodi vivedeniya novoy porodi sherstnix koz, T., 1964; Protsess porodoobrazovaniya ovets, T., 1968; Kurdyuchnie ovsi i plemennaya rabota s nimi, T., 1968; Myaso-sherstnie ovsi Oʻzbekistona, T., 1977.[1]




  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil