Peshdodiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Peshdodiylar — qad. Erondagi afsonaviy shoxlar sulolasi. "Bundaxshin", "Dinkard", "Shohnoma" kabi manbalarga koʻra, P. sulolasi 2441 yil hukm surgan. "Shohnoma"da Kayumars, Hushang , Tahmuras, Jamshid, Zahhok, Faridun, Manuchehr, Navzar, Zovi Taxmosp, Gushtasplar P. sifatida tas-virlangan. Avestonnng "Yasht"larida hamda pahlaviy tilidagi yodgorliklarda esa, ulardan 7 tasi sanab oʻtiladi, "paradata" — peshdod Hushangning unvoni sifatida taʼkidlanadi. Firdavsiy (Shohnoma)da P.ni tarixiy shaxslar tarzida tasvirlagan. P. elni dev, ajdar, ajinalar va boshqa gʻayritabiiy kuchlardan himoya qilishgan. Manuchehr davridagina oʻzaro ichki nizolar, tashqi dushmanga qarshi kurash davom etgan. Jumladan, "Shohnoma"da uning Afrosiyob bilan yurt talashib qilgan janglari tasvirlangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Firdavsiy, Shohnoma, 1-j., T., 1974.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil