Pervane madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pervane madrasasi (turkcha: Pervane Medresesi) — Turkiyaning Sinop shahridagi tarixiy madrasa, islom maktabidir.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa Sinop yarim orolining markazida bunyod etilgan. Yana bir tarixiy bino — Alaaddin masjidi madrasaning janubida, ikkisi orasidagi yoʻlning qarshisida joylashgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muyiddin Sulaymon Parvona, yaʼni Pervâne nomi bilan mashhur boʻlgan. U 13-asrning ikkinchi yarmida Anadolu saljuqiylari parchalanishi davrida vazir etib tayinlangan. 1262-yilda Pervâne Sinopni Trepezund imperiyasidan qaytarib olgan. Sulton Sinopni Pervanega iqto, feod qilib bergan. Pervane saljuqiylarning vassali boʻlsa ham, amalda Sinop hukmdori boʻlgan. U madrasani 1265-yilda qurdirgan[2]. Madrasadan keyingi Candar beyligi va Usmonlilar imperiyasi davrida foydalanilgan. Turkiya Respublikasi eʼlon qilinganidan keyin madrasalar oʻrniga zamonaviy maktablar ochilgan, Pervane madrasasi esa yopilgan. 1932-yildan madrasa binosidan 1921-yildan toʻplangan arxeologik ashyolar va etnografik ashyolar ombori sifatida foydalanilgan. U 1941-yilda muzey sifatida tashkil etilgan boʻlib, 1970-yilda muzey yangi binoga koʻchirilgunga qadar muzay vazifasini bajarib kelgan. 2002-yilda bino Sinop viloyati hokimligiga topshirilgan. Endilikda undan suvenirlar doʻkoni bozori sifatida foydalanilmoqda.

Bino oʻlchamlari 38 m × 28 m (125 ft × 92 ft) boʻlib, shimoldan janubga tomon boʻlgan yoʻnalishda joylashgan. Marmar peshtoq janubdagi asosiy kirish joyidir. Peshtoqning har ikki tomonida ikkita xona mavjud. Binoning har ikki tomonida beshta arka joylashgan. Hovlida favvora bor[3]. Madrasada admiral (Gʻozi Chelebiy) va uning qizining qabri ham mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sinop Guide Lizard ajans p.8
  2. Official culture portal (turkcha)
  3. „Tarihi Yapılar - Pervane Medresesi“ (tr). 2018-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyul.