Perseveratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Perseveratsiya (lot. perseveratio — qatʼiylik) — baʼzi bir harakat, ayrim fikr, soʻz, ibora yoki kuyning inson ongida (bosh miya yarim sharlarida) koʻp martalab ixtiyorsiz, ham tinimsiz takrorlanishi. P. oliy nerv faoliyati harakatchanlik xususiyatining buzilishi natijasida kelib chiqadigan baʼzi kasallik holatida ham roʻy beradi. Hara-kat, sensor (hissiy idrok), akliy sohalardagi P. turlari bor. Harakat soha-sidagi P.ning alohida shaklidan biri — nutq buzilishidan iborat. U miya poʻstining chap yarim sharlari muayyan boʻlimining shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Sensor P. tovushlarni takrorlashda va boshqalarda koʻzga tashlanadi. Aqliy P. chap yarim sharlar peshona qismining shikastlanishi tufayli paydo boʻladi. Bu akdiy amallarni notoʻgʻri takrorlashda yuzaga chiqadi. U diqqat tarqoqligida, qattiq toliqishda vujudga kelishi mumkin. Bu holat akli zaif bolalarga ham taalluklidir.

Ergash Gʻoziyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil