Perseidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Perseidlar — Persey yulduz turkumidan chiqayotganga oʻxshab koʻrinadigan meteor oqimi. P.ni hosil qiladigan meteor jismlar bir necha irmoqlardan iborat (=10 mln. km diametrli) oqim dastasini tashkil etadi. Yer oʻz orbital harakatida bu oqim dastasini har yili 1—20-avgust davomida kesib oʻtadi. Serhosil markaziy irmoqning radianti: a=3n 04m, 8=+56°.Bu irmoqqa tegishli meteor jismlarning orbitasi 1862 III va 1870 I kometa or-bitasiga yaqin joylashgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil