Perovskiy ekspeditsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Perovskiy ekspeditsiyasi - Rossiya tomonidan Xiva xonligini bosib olish maqsadida uyushtirilgan har-biy ekspeditsiya (1839—40). 1835 yil Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy imperator Nikolay I (1825— 55) ga maxsus xat yoʻllab, unda Xiva xonlari goʻyoki uzok, yillardan beri rus davlatiga dushmanlik qilayotganligi, rus savdo karvonlarini talab, rus asirlariga shafqatsizlik qilayotganliklarini taʼkidlagan. Imperator 1837 yil Xiva xonligini bosib olish haqida Perovskiyga farmon beradi. Perovskiy qoʻmondonligidagi qoʻshin 1839 yil 14 noyabrda Xivaga qarab yoʻlga chiqib, 19 dek.da Emba qalʼasiga kelib oʻrnashgan. Boshlangan qattiq sovuq va kuchli boʻron rus askarlarini ogʻir ahvolga solib, tuya va otlarni boqishni nixryatda qiyinlashtirgan. Rus qoʻshinlarining kelayotganligidan xabar topgan Xiva xoni Olloqulixon Choʻchqakoʻlga kelib joylashgan rus qoʻshinlariga qarshi Otamurod qoʻshbegini 8 ming qoʻshin bilan yuborgan. Xon qoʻshinlari qishning qattikligiga qaramay rus qoʻshinlari ustiga tashlangan. Jangda har ikki tomon talafot koʻrib, jangni davom ettirish imkoni boʻlmagach, xon qoʻshinlari Xivaga kaytarilgan. Perovskiy ham oʻz qoʻshinlarini 1840 yil fevralda Orenburgga qaytarishga majbur boʻladi. Perovskiy ekspeditsiyasida rus qoʻshinlaridan 1054 kishi xalok boʻlgan. 10 ming tuya va 8 ming ot yoʻqotilgan, juda koʻplab odamlarni sovuqurgan. Bu bosqinchilik yurishidan Rusiya davlati 1 mln. 700 ming soʻm zarar koʻrgan. Xiva xonligiga qayta yurishdan umidini uzmagan Nikolay I 1840 yil 30 yanvarda harbiy yurishni zudlik bilan kay-ta amalga oshirish haqida general Perovskiyga koʻrsatma bergan. Bu yurish koʻlami avvalgisidan 3—4 marta katta boʻlishi kerak edi. Lekin, chor hukuma-tida yuzaga kelgan ogʻir vaziyat bu yurishning amalga oshirilishiga imkon bermagan. Nazirjon Tojiboyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil