Pero (asbob)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pero — 1) siyoh, tush va boshqa suyuq boʻyoqlar bilan yozish va rasm ishlashda foydalanadigan asbob; qadimdan yozishda uchi oʻtkirlashtirilgan qush patlari, qamish va boshqalardan tayyorlangan P. ishlatilgan. 18-asr oxiridan metall P.lar ilk bor Myunxen (Bavariya)da ishlana boshlagan. Metalldan yasalgan zamonaviy P.lar shakli, oʻlchami va vazifasiga koʻra farqlanadi; 2) P. bilan rasm yaratish usuli; ijrosining kontur yoki shtrix usulida boʻlishi bunday asarlarning oʻziga xos xususiyatidir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil