Perikl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Perikl
Tavalludi mil. avv. 494
Vafoti mil. avv. 429
Fuqaroligi Qadimgi afina
Otasi Xanthippus
Onasi Agariste

Perikl (miloddan avvalgi taxminan 490, Afina — miloddan avvalgi 429) — yunon siyosiy arbobi, miloddan avvalgi 444/443—429-yillarda (430-yildan tashqari) Afina strategi (bosh qoʻmondoni). Aristokratlar nasliga mansub, demokratik guruh rahbari. 443-yildan Afina davlati boshligʻi P. Afina davlat tuzumini yanada demokratlashtirgan, jamoat binolari (Parfenon, Propilei, Odeon) qurdirgan. Tashqi siyosatda P. Afina dengiz qudratini oshirish va mustahkamlashga intilgan, strateg sifatida bir qancha harbiy ekspeditsiyalarga rahbarlik qilgan. Miloddan avvalgi 431—404-yillardagi Peloponnes urushi, spartaliklarning Attikaga bostirib kirishi va qamalda qolgan Afinada oʻlat kasalining tarqalishi natijasida P.ning mavqei pasaygan. 430-yil u strateglikka saylanmagan, bundan tashqari, moliyaviy jinoyat qilganlikda ayblanib, yirik pul jarimasi toʻlashga hukm etilgan. 429-yil P. oqlangan va qayta strateglikka saylangan, lekin oʻsha yili oʻlatdan vafot etgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil