Peredvijniklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Peredvijniklar (rus), sayyor koʻrgazmachi rassomlar — Ros-siyada 19-asr 70-yillarida yuzaga kelgan koʻchma badiiy koʻrgazmalar birodarligi, badiiy uyushma (1870—1923) aʼzolari P. deb atalgan; bu ibora 20-asrning 50—60-yillarida uzbek matbuot va ada-biyotlarida ishlatilgan; hozirgi kunda "sayyor rassomlar" iborasi ishlatiladi. Tashabbuskorlari G. G. Myasoyedov, I. N. Kramskoy, N.N.Ge, V. Perov vab. Jamiyatdagi ilgʻor ijtimoiy va estetik qarashlar taʼsirida boʻlgan P. mamlakatdagi yaxshi anʼanalarni rivojlantirdi, koʻrgazmalar tashkil etdi, maʼrifatparvarlik ishlarini keng yoʻlga qoʻydi. Birinchi koʻrgazma 1871 yil 29 okt. da Peterburgda ochilgan, soʻngra bu koʻrgazma mamlakatning boshqa oʻndan ortiq shaharlarida namoyish etilgan. P. ijodiy metodi tanqidiy realizmga asoslangan. Xalq hayoti va tarixi, oʻlka va uning tabiati demokratik nuktai nazardan tasvirlandi, meh-natkash xalq ulugʻlandi, rus xalqining ozodlik harakati qizgʻin maʼqullandi. P. ijodida maishiy janr, portret yetakchi oʻrin tutdi, tarixiy janr rivojlandi. Uning saflarida I. Repin, V. Surikov, V. Vasnetsov, V. Perov, K. Savitskiy, I. Levitan, V. Serov va boshqa boʻlgan. P. anʼanalari 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida uzbek tasviriy sanʼatiga kirib keldi. I. Kazakov, L. Bure, N. Rozanov va ularning shogirdlari B. Hamdamiy, A. Abdullayev, L. Abdullayev va boshqa rassomlar ijodida shu taʼsirni koʻrish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil