Peptidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Peptidlar (yun. peptos — qaynatilgan, oʻta qaynatilgan) — birbiriga amid (peptid) bogʻ bilan bogʻlangan 2 va undan ortiq aminokislotalar qoldigʻidan iborat birikmalar. Tarkibidagi aminokislota qoldigʻining soniga qarab P. dipeptidlar, tripeptidlar, tetrapeptidlar va boshqa deb ataladi. Molekulasida 10 tagacha aminokislota qoldigʻi boʻlgan P. — oligopeptidlar, 10 tadan ortiq aminokislota qoldigʻi tutgan P. — polipeptidlar, massasi 6000 dan yuqori boʻlgan tabiiy polipeptidlar — oqsillar deb ataladi. P. hayvon va oʻsimliklar organizmida oqsillarning parchalanishidan hosil boʻladigan mahsulotlardir. Oʻsimliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarda erkin holda uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil