Peptid bogʻlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Peptid bogʻlar — amid bogʻlarning bir turi. Bir aminokislotaning sx-aminoguruhi (NH2) ikkinchi aminokislotaning a -karboksil guruhi bilan reaksiyaga kirishi natijasida hosil boʻladi. Bu reaksiyada bir molekula suv ajraladi. Oqsillar va peptidlar tarkibidagi — SO—NH— guruhi keto-yenol tautomeriya (ayrim kimyoviy birikmalarning bir-biriga erkin holda aylanish xususiyatiga ega bulgan strukturaviy izomerlar koʻrinishida boʻlishi) hola-tida boʻladi.

Tautomeriya tufayli Peptid bogʻlarning 40% dan koʻproq qismi qoʻshbogʻli. Bu esa peptid zanjirning uzunligini yakka bogʻ holatdagiga nisbatan birmuncha qisqartirishga olib keladi. Tirik organizmlarda Peptid bogʻlarning hosil boʻlishi fermentativ re-aksiyalar yordamida amalga oshiriladi. Lab. sharoitida Peptid bogʻlarni kimyoviy va fermentativ reaksiyalar yordamida sintez qilish va parchalash usullari ishlab chikilgan. Bu usullar tabiiy peptidlarni sintez qilishga va peptid hamda oqsillarning aminokislotali tarkibi-ni, ularning ketma-ket joylanish tar-tibini aniklashga imkon beradi. Peptidlar peptid bogʻ orqali birikkan bir xil yoki har xil aminokislotalardan tashkil topgan organik birikmalardir. Tarkibidagi aminokislota soniga binoan, di-, tri-, tetra peptidlar va polipeptidlar boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil