Pentod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pentod [yun. pente — besh va (elek-tr)od] — katod, anod va uchta toʻr (boshqarish, ekran, antidinatron) dan ibo-rat besh elektrodli elektron lampa; past va yuqori quvvatli xillari bor. Past kuvvatli P. yuqori va oraliq chastotali kuchaytirgichlarda ishlatiladi. Yuqori quvvatli P. oʻzgarmas (baʼzan, oʻzgaruvchan) tok tarmogʻi elektr energiyasini yuqori chastotali energiyaga aylantirib berish uchun ishlatiladi. P. yordamida chastotasi bir necha oʻn MGs gacha boʻlgan elektr tebranishlar gene-ratsiyalanadi hamda ularning kuchlanish va quvvati kuchaytiriladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil