Penoplastlar
Penoplastlar, gʻovak polimer materiallar — gaz bilan toʻldirilgan plastmassalar. Gaz bir-biriga tutashmagan boʻshliq (katak)lar ichida boʻladi. P.ning hajmiy massasi kichik; issiqlik, tovush, suv va elektr oʻtkazmaydi. P.ning xossasi koʻpiklanish darajasi, gʻovaklarining tuzilishi va polimerning kimyoviy tabiatiga bogʻliq.
P. polimerlarni yuqori elastik holatda koʻpiklashtirish va qovushoq suyuq polimer kompozitsiyasini koʻpiklashtirish usulida tayyorlanadi.
P. kuch konstruksiyalarining mustax, kamligini oshirish maqsadida ularning elementlariga, yuqori elastik xususiyatga ega boʻlgan materiallarga toʻldirgich sifatida, konstruksion elementlarda issiqlikni izolyasiyalashda ishlatiladi. Radio va elektr texnika qurilmalarida, suzish qurilmalarining choʻkmaydigan qismlari va detallarini tayyorlashda, mebellar, kiyimlar ishlab chiqarish va boshqalarda qoʻllanadi. P. tayyor presslangan va yarim fabrikat holda chiqariladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |