Pektusan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pektusan

Paektu vulqoni, 2003-yil aprel. NASA surati.
Boshqa nomi (kor. 백두산?, 白頭山?), (xitoycha: 长白山)
Joylashuvi Shimoliy Koreya bayrogʻi KXDR , Xitoy bayrogʻi Xitoy
Togʻ tizmasi Manchjuriya-Koreya tog'lari
Choʻqqisi 2744
Balandligi 2593
Ilk koʻtarilishi 1903


Pektusan tog'i - Shimoliy Koreya va Xitoy o'rtasidagi chegarada joylashgan vulqon markazi.[1]

Osmonosti ko'li - dunyodagi eng baland ko'l. U tog'ning eng tepasi joylashgan. Bu hududda koreyslar va manchuriyaliklar o‘z ota-bobolarining yeri deb bilishadi. Manjurlar - erta davrda Xitoyning shimoli-sharqin yashagan xalq. Baekdusan - Pektusan tog'larining eng baland cho'qqisi. Bu koreys tilidan tarjima qilganda “oq boshli tog‘lar” degan ma’noni anglatadi. Tog'ning mintaqaviy tarixi haqida ko'plab munozaralar bo'lgan. Tog' tepasidagi ko'l miloddan avvalgi 969-yili katta otilish natijasida hosil bo'ldi. Va otilish paytidagi vulqon kuli juda uzoqqa tarqalgan. Tadqiqotchilar otilgan kul qoldiqlari Yaponiyadagi Xokkaydo orolining janubiy qismida kuzatdilar. Bu Koreyadagi eng baland tog' hisoblanadi. Togʻdan Sungari, Tumen (Duman) va Yalu (Ammok) daryolari boshlanadi. Koʻlning aylanasi 12—14 km, oʻrtacha chuqurligi 213 m, eng kam chuqurligi 384 m. Tog'dagi magma darajasi doimiy ravishda oshib bormoqda. Shu tufayli tog'ning hajmi yiliga 3 mm ga oshadi. Tog' tepasida joylashgan ko'l shimolga oqib, sharsharagacha davom etadi. Ko'lda suv hayvonlarining ayrim turlari yashaydi. Ko'l oktyabrdan iyun oyining o'rtalariga qadar muzlaydi. Paektusan tog'idagi Langgun cho'qqisi doimo qor bilan qoplangan. Yo‘lbars, ayiq, leopard va yovvoyi cho‘chqa kabi yovvoyi hayvonlarni Paektusan tog‘ida uchratish mumkin.[2]

Flora va fauna[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu tog'da odamlar uzoq vaqtdan beri yovvoyi jenshen ildizini yig'ishgan. Xitoyda u Changbaishan tog'ining "Uch xazinasi" dan biri hisoblanadi. Bu erda jenshen haqidagi ko'plab xalq afsonalari paydo bo'lgan, masalan, "Bo'ri Genshen". 1982-yilda bu yerda Xalq majlisida saqlanayotgan 460 gramm og‘irlikdagi jenshen ildizi topilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „백두산 (아시아 산) [白頭山“] (ko). Korea Britannica. 2011-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-may.
  2. Алматы: “Аруна” баспасы. 208 бет. Сер.:“1100 қызықты дерек”