Pekarsimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pekarsimonlar (Tayassuidae) — kavsh qaytarmaydigan juft tuyoklilar oilasi. Uzunligi 100 sm gacha, vazni 30 kg gacha, boʻyi 44—57 sm. Tashqi qiyofasi choʻchqaga oʻxshab ketadi; oyoqlari ingich-ka, orqa oyoqlari 3 barmokli. Oshqozoni 2 boʻlmadan iborat. Gavdasi orqasida muskus tipidagi bezi bor. 2 urugʻi, 3 turi Amerika qitʼasida, asosan, Shimoliy Amerikaning jan.-gʻarbiy qis-mida, Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan. Poligam, oʻrmonlarda poda boʻlib yashaydi. Har xil oziqlanadi. 1—2 ta bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri 142—158 kun. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. 1 turi Xalqaro Qizil kitobga ki-ritilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil