Pekan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pekan (Carya olivaformis Nutt. S.pecan), zaytunyongʻoq — yongʻoq-doshlar oilasi kariya turkumiga mansub yongoqmevali daraxt. Vatani — Shim. Amerika. Yovvoyi holda Shim. Amerikada usadi. Yevropaga 18-asrda keltirilgan. Qora dengiz boʻylarida, Ukrainada, Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda (1926 yildan boshlab) ekiladi. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining Boʻstonliq filialida, Tojikiston Vaxsh tajriba styasida oʻstiriladi. Boʻyi 50 m gacha, diametri 2—2,5 m gacha boradi, 300 — 400 yil yashaydi. Tuproq namligiga talabchan, lekin doimiy namlikni yoqtirmaydi. Issiqqa va soyaga bardoshli. Sovuqqa yongʻoqqa nisbatan chidamliroq. 29—30° sovuqqa chidaydi. Barglari yirik, toq patsimon. May oyida yoki iyul boshlarida gullaydi. Changchi gullari kuchalalarida, oʻtgan yilgi nov-dalarda, urugʻchi gullari esa yosh novdalar uchida hosil boʻladi.

Mevasi soxta danak, yongʻoqchasi (3,5 — 8 sm) okt.noyab.da pishadi, magʻizi oqish, shirin, yongʻogʻining 45—60% ini tashkil etadi. Yongʻoqchasida 70% gacha moy va koʻp miqdorda oqsil, qand bor. Yongʻogʻidan va payvandlab koʻpay-tiladi. P. koʻchatlarini oʻtqazish va parvarish qilish usullari yongʻo/(nikiga oʻxshash. Oʻzbekiston sharoitida 10—12 yilda hosil qiladi. Har yili (20 yoshlisi 250 kg gacha) hosil beradi. Mevasi isteʼmol etiladi, qandolatchilikda, moyi oziqovqatda ishlatiladi. Yogʻochi oʻz xossalari jihatidan eman yogʻochidan qolishmaydi. R. R. Shreder nomidagi institutda P.ning Hosildor va Oʻzbekiston navlari yaratilgan.

P. manzarali oʻsimlik sifatida ham ekiladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Sorta plodovix, subtropicheskix, orexoplodnix kultur i yagod, T., 1968; Ri-bakov A. A., Ostrouxova S.A., Oʻzbekiston mevachiligi, T., 1967.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil