Pedipalpalar
Qiyofa
Pedipalpalar (lot. pedis — oyoq va palpas — paypaslagich) — oyoqpaypaslagichlar, xelitseralilar boshkoʻkragidagi 2-juft ogʻiz organlari. Koʻpchilik xelitseralilarda P.ning asosiy boʻgʻi-mi (koksa)dagi chaynovchi jagʻ oʻsimtasi oziqni maydalashda ishtirok etadi; boshqa boʻgʻimlari esa yirik qisqichga (qilich dumlilar, chayonlar, soxta chayonlarda) aylangan. P. oyokdarga oʻxshash boʻlib, tuygʻu vazifasini bajaradi (solpuglar); uchki qismida tirnogʻi va boʻgʻimlarida piglari (pichanoʻrarlar, ayrim kanalar) boʻladi. Voyaga yetgan erkak oʻrgimchaklarda P. urugʻlarini olib yuradigan boʻshliqqa aylangan. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |