Pay (ulush)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pay, hissa — firma, kompaniya, jamiyat, shirkatning umumiy kapitalida muayyan jismoniy yoki yuridik shaxs hissasiga toʻgʻri keladigan pul badali summasi yoki ulush. P. egasi oladigan daromad, dividend, shuningdek, kompaniya tugatilganda u oladigan mulk ulushi yoki pul mablagʻlari P. miqdoriga bogʻliq boʻladi. P. badallari shirkat yoki kompaniyaning P. fondini tashkil etadi. P. pay guvohnomasida qayd etiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil