Paxtakordagi voqealar (1969)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

1969-yilgi Paxtakordagi voqealar Toshkentda 1969-yil 4-aprelida Paxtakor stadionida boʻlib oʻtayotgan futbol matchi paytida millatchilik kayfiyatlari bilan boshlanib, bir necha kun davom etdi.

Voqealar xronologiyasi[tahrir]

Maydonda SSRI Oliy Ligasi 31-mavsumi birinchi oʻyini (PaxtakorDinamo) ketayotgan edi. Match davomida raqib jamoalar ishqibozlari orasida dahanaki janglar boshlandi. Tribunadagi bir guruh oʻzbek yoshlari millatchi shiorlar yozilgan transparantlarni yoyishdi. Paxtakor jamoasining 0-1 hisob bilan magʻlubiyati vaziyatni yanada keskinlashtirdi, matchdan keyin oʻzbek va rus yoshlari orasida toʻpolon koʻtarildi.

Keyinroq ushbu hodisalar miqyosi kengaydi. Oʻzbek yoshlari stadion yonidan oʻtgan Navoiy koʻchasidagi harakatni toʻsib, slavyan qiyofadagi odamlarni va yevropacha kiyingan ayollarni ura ketishdi. Militsiya vaziyatni tartibga darhol sola olmadi, aksincha, militsiya toʻpolonchilarni ushlamay, hurujlar oldini olish bilan band edi, bu baʼzilarning shahar hukumati ekstremistlar shiorlari bilan hamdard ekanligi haqida gumonsirashiga sabab boʻldi.

Bu tartibsizliklar shaharda bir necha kun davom etdi (8-aprelgi Paxtakor—Spartak matchidan keyin va toʻrt kun oʻtib, 12-aprelda). Hukumat Ichki Ishlar Vazirligi tezkor kuchlari, harbiy texnika va maxsus vositalarni ishga solib, shaharda tartibni tiklashga erishdi. Mingga yaqin kishi hibsga olindi. Bu voqealardan keyin shahar militsiyasi shaxsiy tarkibida tozalash olib borilib, militsiya saflariga sobiq harbiylar jalb etildi.

Ayrim tarixchilar fikricha[1] bu chiqishlar spontan boʻlmay, millatchi guruhlar tomonidan bir necha oy rejalashtirilgan va tashkillashtirilgan.

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Федор Раззаков Коррупция в Политбюро: Дело «красного узбека».

Havolalar[tahrir]

  • Федор Раззаков. Коррупция в Политбюро: Дело «красного узбека».
  • Борис Каменецкий. Русификация и национальное возрождение в Узбекистане. Тель-Авив, 1987.