Paxta moyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Paxta moyi — chigitni presslab yoki erituvchilar bilan ekstraksiyalab olinadigan moy. Toza Paxta moyi koʻpgina organik erituvchilarda eriydi, och sariq shaffof suyuqlik, yarim quriydigan moylar guruhiga kiradi. Paxta moyi trigli-seridlari tarkibiga, asosan, toʻyinmagan yogʻ kislotalar: linol (41,7— 53,69%), olein (23,0—35,2%), toʻyingan kislotalar: palmitin (19,6— 23,4%) araxin (0,1—0,7%), stearin (1,9—2,7%), miristin (0,3—2,0%) kiradi. Paxta moyining zichligi 905–930 kg/m3, nur sindirish koeffitsiyenti 1,472— 1,477, yod soni 102—111, sovunlanish soni 191 — 199. Paxta moyi tabiiy hamda gidrogenlangan holda margarin, isteʼmol qilinadigan yogʻlar, sovun, alif moy va boshqa tayyorlashda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil