Pavlograd
Jump to navigation
Jump to search
Pavlograd — Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi shahar. Volchya daryosi (Dnepr havzasi) boʻyida. Pavlograd tuguni. Aholisi 137,3 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Donbassning koʻmir qazib oluvchi gʻarbiy qismining markazi. Kimyo mashinasozligi, metall quyish mashinalari, elektr yoritqich armaturalari, koʻn, kanopni qayta ishlash zavodlari, uysozlik k-ti, mebel va tikuvchilik f-kalari bor. Shahar yaqinidan koʻmir qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Mashinasozlik, tibbiyot bilim yurtlari, tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi bor. P.ga 1780 yil asos solingan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |