Pavilon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pavilon (frans. pavilion, lot. papilio — chodir) — 1) atrofi ochiq, yengil va ixcham qurilgan koʻshksimon imorat, shiypon. Tabiat bilan oʻzaro uygʻunlashtirilgan. Sharq meʼmorligida saroy va ibodatxonalar qurilishida, Yevropa saroy park ansambllari meʼmorligida keng qoʻllanilgan;2) Yevropa saroylarining tarkibiy qismi: tomi alohida yopilgan yengil bino. Bunday P.lar tarhi murabba, koʻpqirrali boʻladi;3) vaqtincha yoki doimiy foydalanish uchun qurilgan yengil inshootlar. Koʻrgazma, kino, foto, savdo P.lari va h.k.;4) teatrda — interyerni gavdalantiruvchi dekoratsiya.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil