Pavel Gan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pavel Viktorovich Gan (1894.29.6, hozirgi Sebej sh., Rossiyaning Pskov viloyatida — 1967.29.1, Toshkent) — manzarachi rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 1928 yilda Oʻrta Osiyoga kelib, Samarqandda, 1935 yildan Toshkentda yashagan. Respublika rassomlik bilim yurtida darc bergan (1936—57). Asarlarida Oʻzbekistan, xususan Boʻstonliq manzaralari ("Chirchiq vodiysida", 1952; "Togʻ oqshomi", "Oqshom", 1956; "Chimyon etagida", 1957) aks ettirilgan. Koʻplab etyudlari, portretlarida mehnat ahlini ulugʻlagan, manzaralarida insonni tabiatning ajralmas qismi sifatida aks ettirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil