Pave de kurtey
Qiyofa
Pave de kurtey (L) (Pavet de Courteille) (1821 — Parij — 1889) — fransuz lugʻatshunosi. Parij oliy oʻquv yurtlarida turkiy tillar kafedrasini boshqargan. "Boburnoma" (1871—73), "Merojnoma" (1882), "Tazkirai avliyo" (1889) asarlarini nashr qilgan. Pave de kurteyK. ilmiy faoliyatida "Chigʻatoycha — fransuzcha lugʻat" alohida ahamiyatga ega. Mazkur lugʻat soʻzligi Alisher Navoiy asarlari asosida tuzilgan. Misollar ichida Bobur, Abulgʻozixon asarlaridan olingan bayt va parchalar ham bor. Lugʻatda eski oʻzbek tilidagi soʻzlar fransuzchaga ixcham va loʻnda agʻdarilgan, shuningdek, oʻzbeklarning urf-odatlariga oid soʻzlarga keng izoxlar berilgan. Pave de kurteyK.ning ushbu lugʻati eski oʻzbek tilini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |