Kontent qismiga oʻtish

Patisson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Patisson (Cucurbita pepo var. patisson), kulcha qovoq — qovoqdoshlar oilasiga, qatgiq etli qovokdar guruhiga mansub biryillik sabzavot oʻsimligi. Patisson palagi tik, butasimon sershox oʻsimlik. Ildizi yaxshi rivojlangan. Poyasi va barg bandlari nisbatan yoʻgʻon. Barglari oʻrtacha kattalikda, dagʻal, 3 yoki 5 qirrali. Gullari bir uyli, bir jinsli, yirik, rangi sariq, poyalarda yakkayakka joylashadi. Mevasi — qovoqcha, mayda, shakli yulduzeimon. Chetlari kun-gurali. Yangi tukkan mevalari rangi och yashil, meva katta boʻlgan sari rangi oqarib, ayrim mevalar yuzasida och yashil dogʻlar yoki tasmalar paydo boʻlishi mumkin. Ularning 6—8 kunlik mevasi isteʼmol qilinadi. Patisson is-siqtalab oʻsimlik. Patisson aprel oyida qator va tup oraligʻi 70x70 yoki 80x80 sm sxemada ekiladi. Har bir uyaga 4—5 tadan urugʻ ekilib, nihol unib chiqqach, chin barg yozganda yagana qilinadi. Oʻsuv davrida qator oralari yum-shatiladi, oziqlantiriladi va sugʻoriladi. Patisson suvga talabchan. Oshqovoq kabi parvarish qilinadi. Meva tarkibida 6,0—6,5% quruq modda, 2,5— 2,9% qand va vitaminlar mavjud. Urugʻida moy va santanin bor. Hosildorligi 150—200 s/ra. Asosan, tuzlangan, konservalangan (6—8 kunlik mevasi) holda isteʼmol qilinadi, katta boʻlib ketganlari molga beriladi. Oʻzbekistonda 1988-yildan Patissonning Oq 13 navi ekiladi. Uning hosildorligi 110—159 s/ga.