Paternalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Paternalizm (lot. paternus — otalarcha, otalik) — davlatning oʻz fuqarolariga, firmalarning uz xodimlariga, bir mamlakatning boshqa mamlakatga homiylik, gʻamxoʻrlik munosabati; ijtimoiy va mehnat munosabatlarini davlatlar oʻrtasida, shuningdek, davlat va firma darajasida tartibga solish shakli. Davlat, firmaning ularga qaram boʻlgan subʼyektlar — davlatlar, xalklar, xodimlarga homiylik munosabatlarida, shuningdek, shunday gʻamxoʻrlik va homiylikka ishonch bilan qarash shakllarida namoyon boʻladi.

P. butun jamiyat boshligʻi davlat boʻlgan bir oila tarzida tasavvur etiladi. Nimaning yaxshiligi va yomonligini davlat belgilaydi, har bir kishining hokimiyat boʻgʻinlari tizimida egallagan oʻrnini hisobga olgan holda neʼmatlarni taqsimlaydi. P. munosabatlari jamoatchilik anʼanalari kuchli boʻlgan mamlakatlar (Yaponiya, Koreya Respublikasi, Ispaniya, Italiya, Portugaliya va boshqalar)da koʻproq saqlanib qolgan, sobiq sovet maʼmuriy-buyruqbozlik iqtisodiyotida qam P. un-surlari boʻlgan (mas, korxonalarni raqobatdan va sinishdan himoya qilish, keng amal qiladigan ijtimoiy kafolatlar). Firmalar darajasida P. xodimlarni umrbod ishga yollash, pensiyaga chiqishda katta miqdorda bir yoʻla na-faqalar toʻlash, ish xaqini xodimning yoshi va uzluksiz ish stajiga koʻra koʻtarish, xodimlarning oʻzlari ishlaydigan firmaning "oʻz xonadoni" deb bilishi va boshqalarda ifodalanadi. P. anʼanalarini qoʻllash natijasida Yaponiya katta iqtisodiy yutuklarga erishdi, "yapon iqtisodiy moʻʼjizasi"ni yaratdi. P. anʼanalari va gʻoyalari AQSH va Germaniyada ham qoʻllaniladi.

Barno Rahimova.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil