Passakalya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Passakalya (ispancha pasar — oʻtmoq va calle — koʻcha) — 1) 16-asrdan mehmonlarni kuzatish jarayonida ijro etiladigan tantanavor yoki marshsimon ispancha raqs. Jiddiy, ulugʻvor va koʻtarinki ruxda yangraydigan musiqa asari sifatida 17—18-asrlarda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan (G.Pyorsell, K.Monteverdi va boshqalar). Fransiyada yakka raqqos yoki raqqosa ijrosidagi bal raksi (J.B.Lyulli va boshqalar); 2) organ, klavir uchun yozilgan variatsiya shaklidagi pyesa. Musiqa oʻlchovi 3/4 yoki 3/2. P., odatda, ulugʻvor, baʼzan gʻamgin, fojiaviy harakterga ega. D.Buk-stexude, F.Kuperen, I.S.Bax, G.Gendel va boshqa P. yozgan. 20-asr kompozitorlari ijo-dida P. turkumli asarlar qismi sifatida keng oʻrin olgan (M.Reger, A.Shyonberg , A.Berg , A. Onegger, B. Britten, P.Xindemit, D.Shostakovich, Q. Qora-yev va boshqalar). Oʻzbekiston kompozitorlaridan B.Giyenko, G.Mushel, M.Tojiyev va boshqa ijodida P. namunalari mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil