Qaysa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pashtakdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qaysa, pashtak — butunligicha danaksiz quritilgan oʻrik. Q. tayyorlash uchun yaxshi pishgan oʻrik danagi bilan 2—3 kun soʻlitilgach, danagi meva bandi oʻrnidan siqib chiqariladi va oltingugurt bilan dudlanadi, soʻngra oftobda, maxsus kamera yoki shkaflarda quritiladi. Danagi oʻrniga chaqilgan magʻiz yoki yongʻoq solib quritilgani juda qadrlanadi. Tarkibida 50—55% qand bor.