Parvati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Parvati (Sanskrit. पार्वती, pārvatī – tog`lik) – Himalay xudosi Ximavata va apsara(pari) Menakaning qizi. Shivaning sevgilisi Sati o`zini gulxanda kuydirgach, Shiva Kaylas tog`ida zohidlikka beriladi. Sati esa Parvati qiyofasida qayta tug`ilib Kaylasga boradi, lekin Shiva uni qabul qilmaydi. Dev Tarakani yengishga qodir farzand tug`ilishi uchun ma`budalar uning huzuriga sevgi xudosi Kamani yuborishadi. Parvati orqadan kelib Shivaning ko`zlarini kafti bilan yopib turganda Kama uning qalbini yoqmoqchi bo`ladi. Shu payt Shivaning peshonasidan uchinchi ko`z o`sib chiqib, Kamani kuydiradi. Bir kuni Shiva darvesh qiyofasida Parvatining yoniga borib o`zini-o`zi yomonlay boshlaydi. Lekin Parvati unga quloq solmaydi. Shundagina Shiva uni qabul qiladi. Ulardan jangchi Skanda va filsimon Ganesha dunyoga keladi.