Parkent (uzum)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Uzbekistan, 2004-14.jpg

Parkent, Parakati, Pushti Parkati — oʻrtagi mahalliy xoʻraki uzum navi. Xalq seleksiyasi (Toshkent viloyati Parkent tumani)da yara-tilgan. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga mansub. Barglari urtacha va yirik kattalikda, keng panjasimon yoki yumaloq shaklda, chetlari qirrali, baʼzan qirrasiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, silindrsimon, zichligi oʻrtacha. Gʻujumi yirik, dumaloq-oval shaklda, toʻq-qizil yoki toʻq pushti rang . Eti sershira, poʻstiyupqa, gʻubor bilan qoplangan. Kurtagi ^ koʻkarganidan keyin Toshkent viloyatida faol harorat yigʻin-disi 3000—3200°da 135—140 kunda, sentabr oʻrtalarida yaxshi pishib yetiladi. Tupi kuchli usadi, novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 180— 220 s/ga (ishkomlarda 250 s/gacha). Sovuqqa chidamsizligi, kul (oidium) kasalligiga moyilligi bilan ajralib turadi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, musallas, desert va shampan vinolari tayyorlanadi. Qisman mayiz solinadi. Toshkent viloyatida koʻp ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil