Parij kommunasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Parij kommunasi (1871 y 18 mart — 28 may) — Fransiya-Prussiya urushi (1870—71)da bonapartchilar rejimining magʻlubiyatga uchrashi, 3-respublika hukumatining siyosati Parij xalqining qoʻzgʻolon koʻtarishiga va A. Tyer rahbarligidagi Versalga qochib ketgan hukumatni agʻdarib tashlanishiga olib kelgan (18 mart). 18—28 martda Milliy gvardiya Markaziy qoʻmitasi inqilobiy muvaqqat hukumat vazifa-sini bajargan. 28 martda P.K. eʼlon qilingan. Hukumat 2 fraksiyadan: "koʻpchilik" (asosan, blankistlar) va "ozchilik" (asosan, prudonistlar)dan iborat edi. P.K. ham qonun chiqaruvchi, ham ijroiya organi boʻlgan. 21 mayda versalchilar Parijga kirganlar; 28 maygacha kommunarlar barrikadalarda jang qilishgan.. Kommuna versalchilar tomonidan bostirilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil